Do'koningiz raqamlari — har soat, bitta oynada
Sotuv, sof foyda, ombor va talab — Uzum kabinetini ochmasdan. Emma har soat hisoblaydi, muhimini Telegram'ga yozadi.
Faqat Uzum Seller API tokeni. Uni o'zingiz yaratasiz va istalgan vaqtda o'chirasiz.
Sotuv, sof foyda va qoldiq — kabinetga kirmasdan ham doim yangi.
Buyurtmalar, ombor, moliya, marketing, AI yordamchi. Alohida dasturlar kerak emas.
Faqat muhimi keladi: nima bo'ldi va nima qilish kerak. Tunda 23:00–08:00 jim.
Uzum kabinetida yo'q narsalar
Bo'limni bosing — yonida o'sha ekran.
Sizning do'koningizda qancha qoladi?
Taxminiy hisob: komissiya 20%, logistika 12%, saqlash va reklama 2%, soliq 1%. Ulangandan keyin Emma haqiqiy raqamlar bilan hisoblaydi.
3 daqiqada ulanadi, keyin o'zi ishlaydi
Kabinetga kirmasdan ham hammasidan xabardor
Ertalab 09:00 — kechagi yakun va bugun Uzum tasdiqlaydigan pul. Kun davomida — soatlik tushum, yangi FBS buyurtma, javob kutayotgan sharh. 1-sanada — oylik PDF, chat tepasiga qadaladi. Tunda 23:00–08:00 jim.
Bepul boshlang, o'sganingizda kengaytiring
Oylik to'lov, istalgan vaqtda o'zgartirish mumkin. Karta kerak emas.
- Bosh sahifa va asosiy hisobotlar
- Buyurtmalar va Ombor (ko'rish)
- Bitta do'kon
- Telegram: kunlik yakun
- Cheksiz do'konlar
- Barcha Telegram bildirishnomalar
- Eksport: CSV / XLSX
- Asosiy AI analitika
- Plus dagi hammasi
- Talab hisoboti va oylik PDF
- AI yordamchi (Claude)
- Marketing: Boost, Instagram target
- Pro dagi hammasi
- Hodimlar uchun ko'p kirish
- Maxsus API limitlari
- Prioritet qo'llab-quvvatlash
Hozir yangi do'konlar taklif havolasi orqali ulanadi — @emma_support.
Ko'p so'raladigan savollar
Uzum Seller kabinetida «Sozlamalar → API tokenlar» bo'limida yangi token yaratasiz va Emma'ga kiritasiz. Kabinet parolingiz Emma'ga kerak emas.
Asosan o'qiydi. Yozadigan ikki joy bor va ikkalasi ham siz yoqsangina ishlaydi: FBS qoldig'ini ombor bilan bog'lash va aksiyaga avtomatik qo'shish.
Ha. Bepul tarifda bitta do'kon, Plus tarifdan boshlab cheksiz. Hisobotlar do'konlar bo'yicha alohida va jami ko'rinadi.
Tushumdan Uzum komissiyasi, logistika, tannarx, saqlash, reklama va soliq ayiriladi. Formula Telegram xabari, PDF va saytda bir xil — raqamlar farq qilmaydi.
Hozir yangi do'konlar taklif havolasi orqali ulanadi — @emma_support ga yozing, 48 soatlik havola yuboriladi.
Ertaga ertalab 09:00 da birinchi hisobotingiz kelsin
Bugun ulang — bepul tarif muddatsiz. Kabinet paroli ham, karta ham kerak emas.
Bepul boshlash